Nogironligi bo‘lgan shaxslar bandligini ta’minlagan tadbirkorlarga subsidiya ajratish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (405-son, 01.07.2025 y.) bilan “Nogironligi bo‘lgan shaxslar bandligini ta’minlashga ko‘maklashish, ularning bandligini ta’minlash hamda mehnat qilishini qo‘llab-quvvatlashni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
🔰 Nizom nogironligi bo‘lgan shaxslar bandligini ta’minlagan tadbirkorlar hamda xususiy bandlik agentliklariga quyidagi qo‘llab quvvatlash choralarini taqdim etish tartibini belgilaydi:
🔹 bandlikka ko‘maklashish subsidiyasi;
🔹 ish o‘rinlariga moslashtirish subsidiyasi.
🔗 Nizomga ko‘ra, "Nogironligi bo‘lgan shaxslar bandligiga ko‘maklashish elektron reestri" axborot moduli yuritiladi.
💰 Bandlikka ko‘maklashish subsidiyasi quyidagi talablarga javob beradigan tadbirkorlarga ajratiladi:
🔸 elektron reestrda turgan I va (yoki) II guruh nogironligi bo‘lgan shaxsni kamida 3 oy davomida uzluksiz rasmiy bandligini ta’minlagan;
🔸 mazkur davrda unga har oyda mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 2 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda ish haqi to‘lagan.
💵 Ish o‘rinlariga moslashtirish subsidiyasi bandligi ta’minlangan I va (yoki) II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun surdotarjimon, psixolog yoki hamrohlik xizmatini tashkil qilgan tadbirkorlarga 50 mln so‘mgacha miqdorda ajratiladi.
📜 Subsidiyaning har oylik miqdori quyidagicha:
▪️surdotarjimon xizmati uchun BHMning 8 baravari;
▪️psixolog xizmati uchun BHMning 10 baravari;
▪️hamrohlik xizmati uchun BHMning 5 baravari.
✍️ Tadbirkorlar ushbu subsidiyalarni olish uchun “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizim yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali elektron so‘rovnomani to‘ldirish orqali murojaat qiladi.