O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy darajadagi Yevroosiyo iqtisodiy kengashining yig‘ilishidagi nutqi
Hurmatli delegasiyalar rahbarlari!
O‘zbekiston Prezidenti Belarusga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Minsk shahriga jo‘nab ketdi.
O‘zbekiston Prezidenti Mo‘g‘ulistonga tashrifini yakunladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Mo‘g‘ulistonga davlat tashrifi yakuniga yetdi.
O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston rahbarlari daraxt ekdilar
25 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux rafiqalari bilan birga "Ix Tenger" davlat majmuasi bog‘ida daraxt ekdilar.
Mo‘g‘ul yoshlarining O‘zbekiston OTMlarida ta’lim olishi qayta tiklanadi
Mo‘g‘uliston Davlat saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxning tor doiradagi va rasmiy delegasiyalar ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi.
Ulan-Batorda Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lit o‘tdi
O‘zbekiston prezidentini va rafiqasini Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux rafiqasi bilan kutib oldi.
Shavkat Mirziyoyevning Mo‘g‘ulistonga ilk tashrifi: Nimalar kutilmoqda?
Prezident Shavkat Mirziyoyev 24-25 iyun kunlari Mo‘g‘ulistonga rasmiy tashrif buyuradi. Tashrif O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasidagi diplomatik aloqalarning mustahkamlanishiga yana bir qadam bo‘ladi.
Hisorak suv omboridan Qarshi shahrigacha ichimlik suvi tarmog‘i tortiladi
So‘nggi 8 yilda ajratilgan 1,7 trillion so‘m hisobidan viloyatda markazlashgan suv ta’minoti 32 foizdan 61 foizga chiqdi. Lekin, bu respublikada eng past ko‘rsatkich ekani ko‘rsatib o‘tildi.
O‘tgan besh oyda Qashqadaryodagi 551 ta mahallada birorta ham jinoyat sodir etilmadi
Shu bilan birga, sodir etilayotgan har uchta jinoyatdan bittasi viloyat markazidan uzoqda joylashgan, turistlar ko‘p tashrif buyuradigan Shahrisabz, Kitob, Chiroqchi, Yakkabog‘ tumanlari va Shahrisabz shahriga to‘g‘ri kelayotgani qayd etildi.
Miraki xalqaro turizm markazi mehmonlarni chorlaydi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Shahrisabz tumani Hisor tog‘i yon bag‘ridagi sayyohlik salohiyati bilan tanishdi.
Prezident Shahrisabzdagi ko‘p tarmoqli kardiologiya markazi faoliyati bilan tanishdi
Ijtimoiy davlat sanalmish O‘zbekistonda aholi salomatligini mustahkamlash eng dolzarb yo‘nalishlardan biri. Shu maqsadda davlat shifoxonalari isloh qilinyapti, sohaga investisiyalar jalb etilib, xususiy sektor ham rivojlantirilmoqda. Jumladan, bugungi kunda Qashqadaryoda 700 dan ziyod xususiy klinika ochilgan, ularda 72 ta xizmat turi yo‘lga qo‘yilgan.
Chilonzorda tez orada elektr ta’minoti va suv muammo bo‘lmay qoladi
Toshkentning aholi zich tumanlaridan biri bo‘lgan Chilonzorda 160 MW quvvatli podstansiya va 20 ming m³ suv rezervuari qurilishi orqali elektr va suv ta’minotidagi muammolar bartaraf etilishi rejalashtirilmoqda.